Dam olish kuni, 19/Мая/2024, 04:20:19
Salom hurmatli Hurmatli mehmon | RSS

..:: ¤ Do'stlik.com ¤ ::..

[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
¤Do'stlar forumi¤ » Portal va Forum Faoliyati » Forum qonun qoidalari » Portal va Forum qoidalari (Portal va Forum qoidalari)
Portal va Forum qoidalari
Shohruh_bratvaДата: Chorshanba, 09/Ноября/2011, 04:27:08 | Сообщение # 1
Рядовой
Группа: ¤¤*SAYT DO'STI*¤¤ (S.D)
Сообщений: 8
Награды: 0
Репутация: 0
Forum va Sayt Boshqaruvchilari tomonidan Ta ’qiqlanadi:

1. Forumda takroriy mavzular ochish. - Yangi mavzu ochishdan oldin, Forumda bunaqa mavzu ochilgan-ochilmaganligini qarab ko ’ring (Search funkciyasidan foydalaning). Takroriy mavzular ogohlantirishsiz olib tashlanadi.

2. Flood/Offtop qilish ta ’qiqlanadi. - Bu Warning bilan jazolanadi. Takroriy Warninglar Userning Ban olishiga sabab bo ’ladi. Savolga javobingiz bo’lmasa, mavzu bo’yicha foydali gapingiz bo’lmasa, bozor (flood) qilmang!

3. Bir xil mazmundagi mavzuni Forumning har xil bo ’limlarida ochish ta’qiqlanadi. Mavzu nomini faqat bosh harflar bilan yozish ta ’qiqlanadi.

4. Copy/ Paste qilish ta’qiqlanadi. Mavzularda chet manba’lardan copy-paste qilish mumkin emas. Siz chet manba ’ matnlarini “Quote” funksiyasini ishlatgan holda, manba’ nomini keltirib Forumda yozishingiz va albatta unga o ’z fikringizni bildirishingiz mumkin. O’z fikringizni yozmasdan chet manba’ matnini keltirish flood hisoblanadi.

5. Haqorat qilish, so ’kinish v.h. – Forumning boshqa a’zolarini, suhbatdoshlarni haqoratlash, ularning milliy va diniy hislarini haqoratlash, forumda so ’kinish, kurakda turmaydigan gaplarni ishlatish qat ’iy ta’qiqlanadi. Bu Warning, qo’pol holatlarda Ban bilan jazolanadi.

6. Matnda har xil razmerdagi yozuvdan, faqat bosh harflardan, 3 tadan ortiq rangdan, (qizil rangdan faqat hodimlargina foydalanishadilar) me ’yoridan ortiq Smilikdan foydalanish va matnni o ’qishni qiyinlashtiradigan shu kabi boshqa harakatlar qilish ta ’qiqlanadi.

7. Etika normalariga to’g’ri kelmaydigan, pornografik, intim xarakterga ega bo ’lgan text, audio-video va grafik materiallardan Forumda foydalanish yoki shunaqa websaytlarga Link berish va saytlarni reklama qilish ta ’qiqlanadi.

8. Forumda bahs-munozaralar, fikr almashuv O ’zbek,tillarida olib boriladi. Boshqa tillardagi bahslar Tillar Sahifasida qilinishi mumkin. Ikkita tilni bir matn ichida bir-biriga qorishtirib ishlatish tilga nisbatan hurmatsizlik hisoblanadi va qat'iyan qoralanadi!

9. Forum administrasiyasining (Administrator va Kichik Prezident) ishlarini har xil mavzularda muhokama qilish ta ’qiqlanadi. Siz ularning harakatidan norozi bo ’lgan taqdiringizda, ularga fikr va tanqidlaringizni bildirib Uzlariga yoki Shaxsiy xonalariga yozishingiz mumkin.

10. Forum qoidalarini buzish Warning bilan, so ’ngra Ban bilan jazolanadi. Forum qoidalarini bilmaslik forum a ’zosini javobgarlikdan ozod etolmaydi.
Shuning uchun qoidalarni diqqat bilan o ’rganib chiqing. Doimo tavsiya etiladi:

1. "Forum Yangiliklari" funksiyasidan foydalanish;

2. Mavzu ochishda mavzu nomini yaxshilab, qiziqish uyg ’otadigan qilib tuzish;

3. Provakasion ruhda bo’lmagan Avatar tanlash (Intim, haqoratomuz va bema’ni xarakterga ega bo’lmagan);

4. Shaxsiyatga tegadigan gaplardan saqlanish;

5. 4 tadan ortiq smilikdan foydalanmaslik;

Forum nomidan rahmat aytiladi:
1. Forum qoidalariga rioya qilgan forum a ’zolariga;

2. Forum administrasiyasining iltimos va talablarini inobatga olgan forum a ’zolariga;

3. Forumda o’zaro hurmatni saqlagan forum a’zolariga. Forum Qonun-qoidalari hamma uchun bir!
Iltimos Bizning Qoidalarni Xurmat qiling!

Quyidagilarni o'z ichiga oluvchi xabarlarni joylashtirish (qoldirish, yozish) ta'qiqlanadi:

1. Amaldagi qonunchilikni buzishga chaqirish, irqchilik xarakteridagi fikrlar, millatlararo ayirmachilikni avj oldirish, Forumda to'xtalish holatlariga sabab bo'lish va boshqa UzR JK da keltirilgan holatlar.

2. Qo'pol, senzuraga to'g'ri kelmaydigan fikrlar va har qanday ko'rinishdagi haqoratlash qo'pol eshitiluvchi, shaxsiyatga tegish kabilar bo'lgan xabarlar.

3. O'zida ma'noviy yuklanish kasb etmaydigan - ma'nosiz yoki kam tarkibli informatsiyalar - quruq safsatalar (flud).

4. Offtop, shuningdek alohida mavzusidan chetga chiqish.

5. Jo'rttaga yolg'on ma'lumot, tuhmat.

6. Ochiq reklamali tarkib, shu bilan birga "Saytimga kiring/baholang" kabi so'rovlar (buning uchun maxsus bo'lim bor).

7. Asossiz "bu" yaxshi, "bu" yomon tasdiqlashlar. Bunga "Pulni ayama, yaxshi narsa ol" kabi xabarlar ham kiradi.

8. Matnni normal tushunishga halaqit beruvchi haddan ortiq animatsiyalangan sur'atlar.

9. Haddan ortiq grammatik xato va jargon so'zlar.

Hamma xabarlar muallif fikrini namoyon etadi va Sayit Mamuriyat ular uchun hech qanday javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi.

Majburiy-Taklif:

1. Suhbatdoshga hurmat bilan munosabatda
bo'lish, fikr va faktlarni to'g'ri va tushunarli
bayon etish.

2. Boshqalarni u yoki bu telefon markasiga
ishqibozlik tamoyili asosida ranjitmaslik.
Ko'z qisish yoki boshqa shaxsiy qusurlarga ahamiyat bermang. Ularga jahl qilmang va
masxaralamang -ahamiyatsizlik shu zahoti
munozaraga sabab
bo'lishi mumkin.
Sizni haqoratlashdi deb
hisoblasangiz ham, ularga shu ko'rinishda
javob berish shart emas. Qolgani moderator va
administratorlaning tashvishi.
Agar siz har qanday forum qoidasini buzuvchi
xabarni
ko'rsangiz, bu haqda
Boshqaruv mamuriyatiga elektron pochta yoki "Shaxsiy xabarlar" orqali ma'lum qiling. Bu
haqda Forumga jar solish shart emas.

3. Forum bo'limlaridan Milliy Forumga mazmunsiz va qisqa izohlar qoldirish qattiyan
taqiqlanadi va siz erkin keng qamrovli fikrlay
olmasangiz yozishga erinsangiz Milliy Forumga izoh, post qoldirmaganingiz yaxshi!

4. Forumda xar bir bulimga uziga yarasha
bo'lim nomiga yarasha mavzular ochilishi va
kuchirilishi zarur bunga javobgar shaxs Forum
Yulduzi va Forum Prezidenti xissoblanadi, va
uzingizga kerakli mavzuga kirib uz fikringizni
izoh post qoldiring sizga tushinarsiz va javob bera olmaydigan mavzularga kirmang izoh ham
qoldirmang!

5. Sayitda yuzsizlar dushmanlar paydo bulib
sizga yomon suzlar bilan gapirsa
shaxsiyatingizga tegsa ular bilan urushmang
gap talashmang (aytishadiku yomon it ular siz innamang unga yozman uzi akkillab qop
ketaveradi) gap talashib xaqoratli suzlar ishlatib
uz obruyingizni to'kmang!

МОДЕРАТОРЛАР лавозимини эгаллаш ва уни
олиб ташлаш МОДЕРАТОРЛАР булиш истагида юрганлар куйидаги талабларга жавоб беришлари лозим: - Форумда ёзиб колдирилган хабарлар
5000 тадан кам булмаслиги керак (флуд ёки маъносиз хабарлар бундан мустасно). - Агар флудлари сони куп булса аризани кабул килмаслик (SA) ихтиёрида. - МОДЕРАТОРЛАР булиш истагини билдирган фойдаланувчи Форумда сайловида иштирок этиб, унда голиб чикиши шарт. МОДЕРАТОРЛАР лавозимидан озод этилиши учун фойдаланувчи уз ихтиёри ила (SA)га ариза билан мурожаат килади ёки Фойдаланувчиларга нисбатан нотугри хатти харакатлар ва Фойдаланувчилардан тушган шикоятлар булган такдирда, хамда (SA) ни огохлантиритмасдан Форумда 7 кун давомида кирмаслиги уни лавозимдан озод этилишига сабаб була олади. МОДЕРАТОРЛАР юкорида келтирилган мажбуриятларга буйсунмаса ёки уларни бузса, бу Администраторлар томонидан куриб чикилади ва чора курилади. Ишлатилган кискартма сузларнинг маъноси Веб портал – веб сахифалар туплами. Бунда хар бир булиб битта сахифага тенг келади. Одатда порталлар узида мижозни кулдан чикармаслик учун турли хил функцияларни жамлаган булади.

…………… Форум – бу сайтда мулокот учун восита. Форумдаги хабарлар почта хабарларига ухшаш булиб, узининг муаллифига, мавзусига ва мундарижага эга. Форумдаги хабарларни жунатиш учун кушимча программалар керак эмас, бунинг учун сайтдаги керакли формани тулдириш кифоя. Форумнинг принципиал хусусиятлари шундан иборатки, унда хабарлар трейдларда бирлашади. Форумда бировнинг хабарларга жавоб юбрганизда сизнинг жавобингиз аввалги жавобларга богланади Бу жавобларнинг кетма-кет богланиши тредларни хосил килади. Охир окибат форум тредлардан ташкил топган структурани намоён килади. Чатлардан фарли равишда форумга жунатилган хабарлар чекланмаган муддатгача сакланади ва унда жавоблар савол келган кундан кейин берилиши мумкин. Форумнинг хусусий ходисаси – интернетдаги пресс конфиренция булим форум сайтдан фойдаланувчилар муколокотчиларга мехмонларни таклиф килади. Профайл – бу форумда руйхатдан утган фойдаланувчиларнинг маълумоти сакланадиган шахсий варака. ШХ - «шахсий хабар»- бу хат ва хабарлар учун кутича булиб, у оркали бошка фойдаланувчи почтаси хабар юбориш имконинии беради. Форум Модератори – бу биринчи навбатда форум иштирокчиси булиб, булимлар тематикаси кунгилга ёкадиган ва булимни кизикарли булишига харакат киладиган фойдаланувчидир. Бу фойдаланувчи бажонидил форумнинг бошка катнашчилари Билан мулокотлашади ва сайтни хаётида актив иштирок этади. Спам – (ингл. Spam, junk mail, bulk mail) Куп холларда «спам» термини «почта спами» куринишида учрайди. Бу – рухсатингизсиз нотаниш инсонлар ёки ташкилотлар тононидан сизга келадиган хабарлар. Спам, бир канча почта манзилларига жунатиладиган реклама ва эълонлар хамдир. Одатда бу турдаги хабарлар узида хеч кандай мухим бир маълумотни сакламайди. Аксинча уларда асосан одамни эътиборини узига жалб киладиган «Уйда утириб бойиб кетишни истайсизми?» ёки «Диккат!!! Гаройиб таклиф» каби сарлавхаларига эга булади. Бу турдаги хабарлар ишончни окламайди. Спам, Интернет каби халкаро вужудга келган. Шунинг учун, агар сизнинг почта манзилингизга инглиз тилада битилган мактуб келгудай булса, таржимон излашни хожати йук. Чунки бу хам спам булиши мумкин. Спам хатлари одатда «вируслар таркатувчи воситалар» хисобланади. МОДЕРАТОРЛАРГА ЭСЛАТМА: Администраторлардан канча доступ ёки унвон сурасангиз, шу доступ ёки унвонга эга булишингиз шунча кийинлашади


Yaxshilik qo'limgdan kemasa yomonlik qima!!!
 
¤Do'stlar forumi¤ » Portal va Forum Faoliyati » Forum qonun qoidalari » Portal va Forum qoidalari (Portal va Forum qoidalari)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:


Jajji-Farishta © 2024
Бесплатный конструктор сайтов - uCoz